1

5 ta qonun JST bitimlariga uyg`unlashtirildi

Siyosat 20.02.2024, 10:58
5 ta qonun JST bitimlariga uyg`unlashtirildi

O`zbekistondagi 5 ta qonun Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg`unlashtirildi. Bu haqda vazirlikda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida batafsil ma`lumot berildi.

Anjumanda “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O`zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonuni (15.02.2024 O`RQ-908-son) mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko`p tomonlama savdo tizimi hamda savdo qoidalarini o`rnatuvchi nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo savdosining 95 foizi ushbu tuzilmaga kiruvchi 164 ta a`zolar hissasiga to`g`ri keladi.

O`tgan yilning iyun oyida Prezidentning O`zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish jarayonini jadallashtirishga oid maxsus qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan JST bilan ishlash bo`yicha Idoralararo komissiya barcha masalalarni ko`rib chiqadi va muvofiqlashtirib boradi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining JST masalalari bo`yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi hamda Adliya vazirligida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg`unlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Oldin, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro`yxatidan o`tkazganlik uchun BHMning 10 baravar miqdorida, mahalliy tadbirkorlik sub`ektlari uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji o`rnatilgan edi.

Shulardan kelib chiqib, JSTning Xizmatlar savdosi bo`yicha bosh bitimining “milliy rejim” tamoyiliga muvofiq xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat ro`yxatidan o`tkazganlik uchun o`rnatilgan davlat boji miqdorini birxillashtirgan holda BHMning 1 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiqlashtirish orqali O`zbekistonning JSTga a`zo bo`lishi bo`yicha jarayonning yanada jadallashishini hamda keyingi bosqichga o`tishini ta`minlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1