1

Dzyudo: O`zbekiston 68 davlat ichida uchinchi o`rinni egalladi

Sport 04.03.2024, 11:24
Dzyudo: O`zbekiston 68 davlat ichida uchinchi o`rinni egalladi

Dzyudo bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulg`a” turnirida 6 ta medal qo`lga kiritidi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, dunyoning 68 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan musobaqada hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo`lishdi. Bu natija bilan dzyudochilarimiz Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uchinchi o`rinni qo`lga kiritdilar. Musobaqa qahramonlari:

Oltin medal:

-60 kg: Doston Ro`ziev

-100 kg: Muzaffarbek To`raboev

Kumush medal:

-52 kg: Gulhayo Jo`raeva

Bronza medal:

-73 kg: Shahram Ahadov

-73 kg: Obidxon No`monov

-90 kg: Davlat Bobonov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1