1

Nodirbek Abdusattorov jahonning 4-raqamli shaxmatchisiga aylandi

Sport 07.03.2024, 08:36
Nodirbek Abdusattorov jahonning 4-raqamli shaxmatchisiga aylandi

Nodirbek Abdusattorov Praga-2024 shaxmat festivali g`olibiga aylanib, live reytingda jahonning 4-raqamli shaxmatchisiga aylanib oldi. Bu haqda O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa`dullaev xabar qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, so`nggi tur oldidan Nodirbek eng yaqin ta`qibchisi bo`lgan eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodlooga qarshi o`yinda matonatli g`alabaga erishdi. Aynan shu sifat unga oldingi turnirlarda biroz etishmayotgan edi. Oxirgi 9-tur bo`lishiga qaramasdan turnir g`olibiga aylandi. So`nggi turda qanday natija bo`lishidan qat`iy nazar Nodirbek chempionlikni saqlab qolaveradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1