1

Surxondaryoda erkak ayolini o`ldirib, ko`mib yubordi

Jinoyat 07.03.2024, 20:02
Surxondaryoda erkak ayolini o`ldirib, ko`mib yubordi

Bosh prokuratura matbuot xizmati Hayot Shamsutdinov Surxondaryo viloyatida sodir etilgan  qotillik yuzasidan 
Darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida A.Q. (erkak) turmush o`rtog`i F.T. (ayol)ning turmushlari doimiy nizoli bo`lgan. Erkak o`zaro munosabatlarni tiklash maqsadida ayolini yashash xonadoniga olib borayotgan vaqtda yo`lda tortishib qoladi.  Erkak janjal davomida avtomashinasida otvyortka bilan xotinining ko`krak qafasiga bir necha marotaba sanchib olib, uni qasddan o`ldiradi. Shundan so`ng u murdani “Dashtig`oz” mahallasi hududidagi soylikka tashlab, ko`mib yuborganligi aniqlangan.

Ekspetrizaning dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, marhuma F.T.ning qorin bo`shlig`i old devori o`rta va o`ng yon sohalaridan qorin bo`shlig`iga teshib kirib oshqozon, katta charvi, o`ng buyrakni yaralagan jarohatlar, o`ng bilak yuqori uchligi, o`ng bilak kaft bo`g`imi ichki yuzasi, o`ng qo`l 5-barmoq asos falangasi, chap qo`l kaft usti, chap qo`l 3-barmoq asos falangasi sohalaridagi kesilgan yaralar, pastki jag` suyagi ochiq sinishi, o`tkir ichki va tashqi qon ketishi kabi tan jarohatlari og`irlik darajasiga ko`ra "hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir" tan jarohati deb baholanishi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bandixon tuman prokuraturasi tomonidan shu yil 1 mart kuni fuqaro Q.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1