1

Buxoroda farzandini beshikka bog`lab qiynab kelgan ayolga qo`shimcha ayb e`lon qilindi

Jinoyat 10.03.2024, 17:24
Buxoroda farzandini beshikka bog`lab qiynab kelgan ayolga qo`shimcha ayb e`lon qilindi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayolga jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi

Bolalar ombudsmanining ma`lum qilishicha, unga nisbatan qo`shimcha ayb e`lon qilindi.

S.N. ayol kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a, v” bandlari (voyaga etmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo`lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgandi.

Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismida (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlangani sababli 2024 yil 1 mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan ayolga qo`shimcha ayb e`lon qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlari sud bosqichida ta`minlanishi yuzasidan o`z kuzatuvini davom ettirishini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1