1

Qo`qonda er-xotin dorifurushlar qo`lga olindi

Jinoyat 11.03.2024, 17:43
Qo`qonda er-xotin dorifurushlar qo`lga olindi

Qo`qon shaharida 5.000 AQSh dollari evaziga “Tropikamid” dori vositasini sotmoqchi bo`lgan  er va xotin qo`lga olindi. Bu haqida Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

 Viloyati hamda Qo`qon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, Qo`qon shahri yaqinidagi “Qo`qon-Andijon” yo`lida fuqaro U.M hamda uning turmush o`rtog`i Sh.M.lar xaridorga 5.000 AQSh dollari evaziga 238 dona flakonda “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini sotgan vaqtida qo`lga olinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1