1

Yo`lovchi sifatida kelyotgan ayolda 1456 dona dori bo`lgan

Jinoyat 12.03.2024, 13:21
Yo`lovchi sifatida kelyotgan ayolda 1456 dona dori bo`lgan

    2023 yil 8 avgust kuni “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan “ISUZI” rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida to`xtatilib, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidanko`zdan kechirildi. Bu haqda, DXX matbuot xizmati darakchi.uz ga xabar qildi. 

    Yo`lovchi sifatida ketayotgan, Farg`ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 47 yoshli T.N ayol tegishli politelin paket Ichida 1456 dona “Repagen” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligini aniqlandi. 

    Ayolning so`zlariga ko`ra, mazkur dorilarni notanish shaxsdan 15 mln.so`mga sotib olib, Toshkent shahriga olib kelayotgan bo`lgan. 

    Ushbu holat yuzasidan T.N ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 252-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyatishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borildi. 

       Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi tomonidan jinoyatchiga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1