1

16 000 dollar evaziga Turkiya, Meksika va Nikaragua davlatlari orqali AQSh ishga yuborishni va`da qilgan fuqaro qo`lga tushdi

Jinoyat 13.03.2024, 14:21
16 000 dollar evaziga Turkiya, Meksika va Nikaragua davlatlari orqali AQSh ishga yuborishni va`da qilgan fuqaro qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro F.E. fuqaro M.Ya.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga Turkiya, Meksika va Nikaragua davlatlari orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini va`da qilib, oldindan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1