1

Jahon chempionati-2026 saralashi: O`zbekiston safarda Gon Kongni mag`lub etdi

Sport 21.03.2024, 19:55
Jahon chempionati-2026 saralashi: O`zbekiston safarda Gon Kongni mag`lub etdi

Bugun, 21 mart kuni Osiyo maydonlarida JCh-2026 ikkinchi saralash bosqich 3-turi doirasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tmoqda.

E guruhidan o`rin olgan Gong Kong-O`zbekiston uchrashuvida Srechko Katanes shogirdlari 0-2 hisobida g`alaba qozondi.

2-bo`limda Eldor Shomurodovning goli evaziga hisob ochildi – 1:0.

65-daqiqada esa Jaloliddin Masharipovning burchakdan etkazgan uzatmasini himoyachi Rustam Ashurmatov darvozaga yo`llab, milliy jamoadagi ilk golini kiritdi va ishonchli g`alabani ta`minladi – 2:0.

Shu tariqa, O`zbekiston 3 o`yinda 7 ochko jamg`arib, hozircha guruh peshqadamiga aylanib oldi. Guruhdagi yana bir bahsda Eron (4 ochko) bugun Turkmanistonni (1 ochko) qabul qiladi. Milliy jamoamiz 4-tur doirasida 26 mart kuni Toshkentda Hongkongga qarshi saf tortadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1