1

Farg`onada noqonuniy yo`l bilan tamaki mahsulotlarini olib kirayotgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 01.04.2024, 14:19
Farg`onada noqonuniy yo`l bilan tamaki mahsulotlarini olib kirayotgan shaxslar ushlandi

Farg`onada chetdan noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlarini olib kirayotgan ikki fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati darakchi.uz ga xabar berdi.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida “Farg`ona-Qo`qon” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Oltiariq tumani hududida to`xtatilib ko`zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, O`zbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan umumiy qiymati 60 mln. so`mlik 4000 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Yana bir shunga o`xshash holatda ham “Marg`ilon-Qo`qon” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi tezkor kuzatuvga olinib, Qo`qon shahri hududida belgilangan tartibda to`xtatilib  xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida yana dastlabki umumiy qiymati 53 mln. so`mlik 3500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1