1

Surxondaryoda "PUBG" akkauntini sotaman deb fuqaroning pulini o`zlashtirib olgan yigit qo`lga olindi

Jinoyat 01.04.2024, 14:50
Surxondaryoda "PUBG" akkauntini sotaman deb fuqaroning pulini o`zlashtirib olgan yigit qo`lga olindi

Curxondaryo viloyati, Uzun tumanida yashovchi 19 yoshli E.B.jabrlanuvchi B.A. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldagan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Toshkent viloyati, Bektemir tumanida yashovchi 19 yoshli B.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 450.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida yashovchi 19 yoshli E.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, E.B., jabrlanuvchi B.A. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga 450.000 so`m miqdoridagi pul mablag`larini o`tkazib olgan va yozishmalarni o`chirib yuborib, pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, E.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1