1

Xotini va qaynonasini o`ldirgan erkak qamaldi

Jinoyat 02.04.2024, 14:33
Xotini va qaynonasini o`ldirgan erkak qamaldi

Sirdaryolik erkak uylanganiga ko`p vaqt bo`lmasada, ayoli va qaynonasining qotiliga aylandi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aytilishicha,erkak oldin ham birinchi turmush o`rtog`iga pichoq bilan tan jarohati etkazgani uchun sudlanib, jazoni o`tab qaytgan. Endilikda uning ikkinchi turmushi ham fojiali yakunlandi. 

Ma`lum qilinishicha,sudlanuvchi erkak voqea sodir bo`lgan kuni o`zi ishlaydigan do`kon g`aznasidan 15 mln so`m pullarni o`g`irlagan va shundan so`ng qotillik sodir qilgan. Qotillikka oilaviy janjal sabab bo`lgani sud majlisida ma`lum bo`ldi. Janjal to`yga olingan mebel pullari to`lanmagani uchun mebelchilar ularni olib chiqib ketgani ortidan kelib chiqadi.

Er-xotin janjaliga qaynona ham aralashadi. Chunkisudlanuvchining turmush o`rtog`i Tojikiston fuqarosi bo`lgan va uning O`zbekiston hududida bo`lish muddati o`tib ketgan. Buning uchun esa jarima belgilangan.Jarimani to`lash uchun xotining ukasi tashlab bergan 2 mln 300 ming so`m jarima pulini kuyov ishlatib qo`ygani qaynonaning e`tiroziga sabab bo`lgan.

Soat 01:40 larda sudlanuvchi mast holatda o`z xotini va qaynonasini qasddan o`ldirish niyatida uyga kelgan. O`zaro janjal davomida erkak o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan qaynonasiga 6 marta, xotiniga esa 15 marta urgan. Erkak qotillikni sodir etib, pichoqni ko`chaga uloqtirib, do`kondan o`g`irlangan pulni olib, voqea joyidan qochib ketgan.

Sud majlisida sudlanuvchiga JKning 97-moddasi 2-qismi «a,j» bandlari bilan 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini dastlabki 3 yilini tyurmada qamash tariqasida o`tashi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1