Ahamiyat bergan bo`lsangiz, maktabga qatnaydigan bolaning fe`l-atvori bog`chaga boradigan uka-singlisidan ancha farqlanadi. Chunki farzandingiz sekin-asta katta bolalalr dunyosiga kirib borayapti. Biroq bolaning yoshi ulg`aygani sari fe`lidagi o`zgarishlar va boshqa ta`sirlar sabab turli muammolar yuzaga kela boshlaydi. Ularga to`g`ri echim topish esa ota-ona va pedagoglarning zimmasida. Boshlang`ich sinfdagi va o`smir yoshdagi maktab o`quvchilarining ruhiyati hamda yoshiga xos o`zgarishlar yuzasidan quyidagi holatlarni aniqladik.
«Maktabga borishni xohlamayman»
Kichik yoshdagi bolaning maktabga borishni xohlamasligi ko`p hollarda unga etarli mehr-muhabbat etishmayotganidan darak beradi. Ehtimol u siz bilan birga dars tayyorlashni istayotgandir? Qiziqishlari haqida bildirgisi kelayotgandir-u, ammo sizda bu ishlar uchun vaqt etarli emasdir? O`smirlik ostonasidagi bolalar ruhiyati o`zgaruvchan bo`ladi. Shu bois ularning maktabga borishni istamasliklarini chetdan sinchiklab kuzatish va muammoni tinch yo`l bilan hal etish kerak.
«O`qib kim bo`lardim?
Puldor bo`lish uchun o`qish shart emas!»
Boshlang`ich sinf o`quvchisining pul topishga qiziqishi biror film namoyishi yoki mashhur insonlarga taqlid yuzasidan kelib chiqadi. Bu o`tib ketadigan holat. Ammo o`smir yoshdagi bola uchun jiddiy e`tibor zarur.
«O`qituvchimni yoqtirmayman»
Odatda boshlang`ich sinf o`quvchilari ko`proq e`tibor talab qilishadi. Dars beruvchi muallim unga etarli darajada e`tibor qaratmasa, u o`zini ortiqchadek his eta boshlaydi va bilim berayotgan insonni o`zidan uzoqlashtirish tuyg`usi paydo bo`ladi. Bu holatda ota-onalar farzandlariga vaziyatni to`g`ri tushuntirib, uning qarashlarini o`zgartirishlari lozim. Shu bilan birga, o`qituvchining dars berish jarayonini ham kuzatib, zarur hollarda u bilan ham suhbatlashish darkor.
Katta yoshli bolanig o`qituvchisini yoqtirmasligi uchun jiddiy asos bo`lishi lozim. Ehtimol o`qituvchi tomonidan ko`pchilikning oldida tanqid, izza qilinishi bola ruhiyatiga salbiy ta`sir etgandir. Bu vaziyatda sizning harakatingiz xolis bo`lishiga axamiyat bering. Sinfdoshlarining o`qituvchi haqidagi fikrlarini o`rganing. Lekin bu ishingizdan farzandingiz xabar topmasin. Bordiyu bolangizdan tashqari boshqalar ham o`qituvchining harakatlaridan norozi bo`lishsa, bu haqda maktab ma`muriyati bilan suhbatlashing. Agar farzandingizning o`ziga tegishli muammoga duch kelsangiz, o`qituvchisi bilan uni yuzma-yuz qilib, muammoga nuqta qo`ying.
Tortinchoqlik, o`zidan uyalish...
Kichik yoshdagi bolalar fikrlarini ochiq-oydin bayon etishlari uchun ularga shunchaki imkoniyat berilmasa, tortinchoqlik paydo bo`ladi. Yoki ba`zi hollarda ota-ona tomonidan «nimani ham bilarding, hali bola bo`lsang» qabilidi ish tutilsa ham bola mustaqil fikrlashdan cho`chib qolib, uyatchanlik yuzaga keladi.
O`smirlar bilan muloqotda iloji boricha tashqi ko`rinishi, fikrlashi, yoshiga nisbatan bo`layotgan o`zgarishlar xususida tanqid qilmaslik kerak. Shundoq ham bu yoshdagi o`g`il-qizlar o`zlaridagi o`zgarishlardan uyalib, tortinishadi. Agar ularni tanqid qilaversangiz, bu kelgusida ba`zi komplekslar shakllanishiga zamin yaratadi. O`g`il bolaga «Ovozing do`rillab qolibdi» yoki qiz bolalarga «Bo`ying qayoqqa qarab o`sib ketayapti, engashibroq yur», kabi tanqidlar kamsitishdek tuyuladi. Bordiyu o`zidan uyalish hissi o`spirinlikda ham davom etsa, keyinchalik o`ziga bo`lgan ishnochning pasayishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda ota-onalar va murabbiylar bolaning qiziqishlaridan kelib chiqib, biror mashg`ulot yoki sport turiga jalb etishlari lozim.
Mustaqil fikrlay olmaslik
Farzandingiz kelajakda atrofdagilardan tortinmasligi uchun hozirdanoq fikr-mulohazalarini ochiq-oydin bildirishga o`rgating. Ahamiyat began bo`lsangiz, darsda javob berish uchun chiqqan aksariyat bolalar mavzuni yaxshi bilsalar-da, ko`pchilik oldida so`zlashga tortinishadi. Bu holat bolaning uyatchanligidan emas, balki fikrini bildirishda ko`rinmas to`siqlardan o`ta olmasligi bilan izohlanadi.
O`zaro musobaqalashish
Bu muammoni ota-onalarning o`zlari yuzaga keltirishadi. «Akangga o`xshasang bo`lmaydimi? Namuncha bo`shsan?! O`rtog`ingni qara, qanday pishiq, puxta!» Agar bir dumalab bola bo`lib qolganingizda bunday taqqoslashlar qanday ta`sir etishini eslagan bo`lardingiz. Birgina mana shu so`zlar sabab bola maktabda ham boshqalardan ustun bo`lishga intiladi. Uning bu harakatlari tirishqoqligidan bo`lsa-ku yaxshi, ammo fe`liga salbiy ta`sir ko`rsatsa, ulg`ayganida ham pand berishi mumkin.
Mushtumzo`r
Maktab o`quvchilari orasida mushtumzo`rlar ko`plab topiladi. Ayniqsa, boshlang`ich sinflar bilan xayrlashib, yuqori sinflarga o`tayotgan paytda bolalar o`rtasida eng kuchlilari ajralib chiqib, ular jismoniy kuch bilan hamma ishni hal qilsa bo`ladi, deb o`ylashadi. Ular bilan tushuntirish ishlari olib borilmasa, kelajakda bunday bolalardan kuchli shaxs chiqmaydi. Ba`zida shunchaki omadsiz inson bo`lib, chetda qolishlari ham mumkin.
Kasb tanlash muammosi
14-15 yoshli bolani kasb tanlashga majburlash to`g`ri emas. Bu yoshda farzandingiz ko`zingizga ancha ulg`aygandek ko`rinsa-da, aslida u hali bola. Qiziqishlari ham shunchalar ko`pki, qay birini tanlashni ham bilmaydi. Agar tashqaridan bosim o`tkazilaversa, to`g`ri kelganini tanlab, keyin afsuslanib yurishi mumkin. Bolaning qiziqishlari bilan hisoblashish ularning amalga oshishi uchun imkoniyat yaratib berish ham ota-ona, ham pedagoglarning vazifasidir.
Ruhshunos Shahnoza HALILOVA tavsiyalari asosida Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi
12.07.2017, 12:30
Kaliforniyada yashovchi 62 yoshli liviyalik Muhammad Bzik 20 yil mobaynida bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani boqib oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Muhammadning so`zlariga qaraganda,...12.07.2017, 11:19
Olmaota polisiyasi bolani yukxonaga joylashtirgan mashina haydovchisini qidirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Nashrning xabar berishicha, bolani mashina yukxonasiga joylashtirgan "Folksvagen" avtomashinasi haydovchisi qonunbuzarlikka yo`l qo`ygani...12.07.2017, 09:53
Chet ellik oila Ostona shahrida o`tkazilgan EXPO-2017 ko`rgazmasi hududida 2 yoshli bolani unutib qoldirishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Er-xotin ko`rgazmadan chiqib ketgandan keyin bolani unutib...11.07.2017, 14:32
Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli. AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik...