1

Qashqadaryoda shifokor kaltaklandi

Jamiyat 20.04.2024, 21:28
Teglar: Qashqadaryo, shifokor, kaltaklandi
Qashqadaryoda shifokor kaltaklandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida fuqaro farzandi vafot etganini aytgan shifokorni urdi. Bu haqda “Millar” ko`rsatuvida ma`lum qilindi.

Videoda aytilishicha, 2 yoshli bola divandan yiqilib tushib, Shahrisabz shahri bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Bolaning bosh miyasiga qon quyilgani sababli reanimasiya bo`limiga o`tkazilib, sun`iy nafas apparatiga ulangan. 

Shifokorlar uning ahvoli haqida ota-onasiga axborot berib turgan. 17 aprel kuni ahvoli og`irligi sabab bolada biologik o`lim kuzatilgan. Buni eshitgan bolaning otasi esa shifokorni urgan.

“Otasiga aytganimdan keyin, otasi to`g`ridan-to`g`ri yuzimga musht bilan urdi. Xushimni yo`qotdim, qolganini to`liq eslolmayman”, — deydi 47 yoshli jarrohlik bo`limi boshlig`i.

Shifokorga kallamiyaning yopiq shikasti, boshmiya chayqalishi, chap ko`z qovoqlari yumshoq to`qimalarining lat eyishi tashxisi qo`yilgan. U hozirda qo`shma shikastlanish va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazida davolanmoqda.

“Mening bolam o`lganini aytmay turib ular o`zlari boshladi muammoni. Erim asabiylashib bir musht urib yubordi, boshqa kuch ishlatganlari yo`q, faqat ko`tara olmadilar”, — dedi bolaning onasi va shifokordan “to`g`ri tushunish”ni so`radi.

Kaltaklangan shifokor farzandini yo`qotgan ota-onaga hozir juda qiyin ekani bois holat bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaganini aytgan.

Shu sababli tekshiruv harakatlari boshlanmagan, ammo holat Qashqadaryo viloyati IIBning qattiq nazorati ostida, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Qashqadaryoda ko`chatlarni shikastlagan qo`ylarning egasiga chora ko`rildi

10.05.2024, 17:19

Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko`chatlari orasiga qo`ylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi...
Qashqadaryoda MIB xodimlarini kaltaklab, ularning mashinasiga shikast etkazgan fuqaro qamaldi — video

10.05.2024, 14:25

Ma`lum qilinishicha, MIBning Kasbi tuman bo`limi xodimlari tomonidan ijro hujjatiga asosan fuqaro D.P.ning 41 mln 660 ming soliq, davlat boji va ma`muriy jarimalarini undirish yuzasidan...
Qashqadaryoda yashirin sex borligi aniqlandi

22.04.2024, 16:38

Qashqadaryodagi alkagol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo`yildi.  Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv...
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so`mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi

29.11.2022, 18:48

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda 3 kunlik firma jami 2.601.000.000 so`mlik issiqxonalar o`rnatishni yutib oldi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holatga Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi munosabat bildirdi. Ma`lum qilinishicha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1