Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o`z fuqarolariga agar zarurat bo`lmasa, Rossiyaga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi. Tegishli bayonot 27 aprel kuni vazirlikning rasmiy saytida e`lon qilindi.
26 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi saytida vazirlikda Rossiya elchisi Sergey Grigorev bilan uchrashuv o`tkazilgani haqida xabar e`lon qilingan edi. Unda aytilishicha, tomonlar so`nggi bir necha hafta ichida Tojikiston fuqarolari Rossiya davlat chegarasini kesib o`tishda duch kelgan qiyinchiliklarni muhokama qilgan.
Tojikiston tomoni tojik fuqarolarining Rossiyaga kirishini asossiz rad etish holatlari keng tarqalib ketganidan xavotir bildirgan.
Tojikistondan kelgan muhojirlar ayblangan teraktdan so`ng Rossiya shaharlarida xorijliklarga qarshi ommaviy tekshiruvlar o`tkazila boshlandi.