1

Denovda bedarak yo`qolgan erkakning jasadi topildi

Jinoyat 29.04.2024, 10:19
Denovda bedarak yo`qolgan erkakning jasadi topildi

Surxondaryoda bedarak yo`qolgan erkakning jasadi topildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati “darakchi.uz”ga holat bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, 26 aprel kuni Denov tumani "Nurli Manzil" maxallasida joylashgan yashash uyning (gumonlanuvchiga tegishli) og`ilxonasi ichida ko`milgan holda bedarak yo`qolgan 1986 yilda tug`ilgan erkakning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etish maksadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan ko`rilgan zarur choralari natijasida gumonlanayotgan shaxs qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j,i” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harkatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1