1

Samarqandda 1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi

Jinoyat 29.04.2024, 15:02
Teglar: tabiiy gaz, noqonuniy foydalanish
Samarqandda 1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Past Darg`om tuman bo`limi tomonidan IIB, “O`zenergoinspeksiya” va GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Bu haqda Bosh Prokuratura departamenti ma`lum qildi. 

Unda, “Nayman”  MFY hududidagi xonadonda yashovchi G`.X. o`ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo`lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o`zboshimchalik bilan o`rnatib, jami 688,9 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasi hududidagi xonadonda yashovchi X.Sh. o`ziga tegishli issiqxonada qo`lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o`rnatib, 329,6 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Departamentning Bo`ston tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o`tkazilgan.

Unda, T-I. MChJ mas`ul shaxslari tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, MChJga qarashli binoda nazorat muhri bo`lmagan elektr hisoblagichni o`rnatib, jami 105,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

May oyigacha elektrga to`lov qilinsa, narxlar eski tarifda hisoblanadi

21.04.2024, 16:18

1 maygacha hisob raqam to`ldirib qo`yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. Yangi...
Endi tabiiy gaz ogohlantirishsiz o`chirilmaydi

28.09.2021, 19:02

Endi tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz o`chirilmaydi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanidan muxbirimiz Dilbar Abdunabieva xabar qilmoqda. Mazkur anjumanda, “Hududgazta`minot” AJ boshqarma boshlig`i Bahodir Vahobov tabiiy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1