1

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o`rnatiladi

Jamiyat 29.04.2024, 22:14
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o`rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o`rnatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko`ra, Qibray, Yangiyo`l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo`rg`on tumanlari hududida yo`l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar o`rnatiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev tegishli farmoyishni imzoladi. Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag`lari hisobidan 1 milliard 500 million so`m miqdorda mablag` ajratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1