1

Namanganda dahshatli avtohalokat sodir etildi

Jinoyat 29.04.2024, 22:46
Namanganda dahshatli  avtohalokat sodir etildi

Joriy yilning 20 aprel kuni soat 18:40 larda Yangi Namangan tumanida yashovchi 2007 yilda tug`ilgan 11 sinf o`quvchisi ikki talabani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.  

U tog`asining nomida bo`lgan Lacetti'ni "Ettinchi Mingchinor" ko`chasida boshqarib, tajribasizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`lning qarama-qarshi tarafiga o`tib ketgan.  

Natijada, yo`lning chap taraf chetida turgan ikki talabani urib yuborgan.  

Hodisa oqibatida, yigitlardan biri engil tan jarohati olgan. Ikkinchisi esa ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay vafot etgan.

"Xabarni telefon orqali eshitib, "shokka" tushib qoldim. Mashina ukamniki edi. O`g`lim bu mashinani ruxsatsiz minishini bilmasdim. Berkitib, minib ketgan ekan", - deydi haydovchi yigitning onasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1