1

Prezident Osiyo kubogida final yo`llanmasi va Parijda o`tkaziladigan Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasini tabrikladi

Sport 30.04.2024, 09:23
Prezident Osiyo kubogida final yo`llanmasi va Parijda o`tkaziladigan Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasini tabrikladi

Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo`yicha yoshlar o`rtasida bo`lib o`tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo`la final yo`llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o`tkaziladigan Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasini tabrikladi.

 “Jonajon O`zbekistonimizning futbol tarixida birinchi marta erishilgan bunday yorqin g`alabani, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha sport muxlislari, ko`pmillatli butun xalqimiz cheksiz quvonch va g`urur bilan kutib oldi. Zero, bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi.

Bu orzuni amalga oshirish aynan sizlarga – Yangi O`zbekistonning navqiron farzandlariga nasib etgani bilan har qancha faxrlansangiz, arziydi.

Albatta, sizlar erishgan bu tarixiy g`alaba zamirida keyingi yillarda mamlakatimizda sport sohasini, jumladan, futbolni rivojlantirishga berilayotgan ulkan e`tibor va amalga oshirilayotgan keng ko`lamli amaliy ishlar mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.

Shu bilan birga, sizdek azmu shijoatli yoshlarimizning tajribali murabbiy va mutaxassislar rahbarligida mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko`rib, har bir o`yinda chinakam mahorat, jasorat va matonat namunasini ko`rsatganingiz albatta yuksak tahsinga munosibdir.

Osiyo qit`asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg`in kurashlar ostida bo`lib o`tgan 5 ta o`yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to`p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko`rilmagan natijadir.

Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.

Butun O`zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g`alabalar tilaydi, aziz bolalarim!” - deyiladi davlat rahbari tabrigida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1