1

Gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanib yurgan MChJlar aniqlandi

Jamiyat 30.04.2024, 10:52
Gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanib yurgan MChJlar aniqlandi

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalangan MChJlar aniqlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N-K.” MChJ rahbari X.X. va boshqalar Qarshi shahri “G`afur G`ulom” MFY ko`chasidagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan DXX va ETK xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.N.” MChJ mas`ul shaxslari Yashnobod tumani Tuzel-1 massivida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga qasddan shikast etkazishib, jami 1 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1