1

Qozog`istonning sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turg`umbaev qo`lga olindi

Dunyo 30.04.2024, 13:11
Qozog`istonning sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turg`umbaev qo`lga olindi

Qozog`istonning sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turg`umbaev qo`lga olindi. Bu haqda Qozog`iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning qo`lga olinishi mamlakatda 2022 yil yanvarda yuz bergan tartibsizliklar bo`yicha o`tkazilgan tergov bilan bog`liq. Ilgari u bu ishda guvoh sifatida ishtirok etgan.

Erlan Turg`umbaev og`ir oqibatlarga olib kelgan vakolat va mansab vakolatini suiiste`mol qilish moddasi bo`yicha hibsga olingan.

Erlan Turg`umbaev 2019 yildan buyon Ichki ishlar vazirligini boshqarib kelayotgan edi. 2022 yilning fevralida lavozimidan ozod etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1