1

O`zbekistonning ayrim hududlarida 1 may kuni chang-to`zon kuzatiladi

Jamiyat 30.04.2024, 15:15
O`zbekistonning ayrim hududlarida 1 may kuni chang-to`zon kuzatiladi

“O`zgidromet” 1 may, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko`chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1