1

Mirziyoevni haqoratlab, “komment” yozgan yigit qamaldi

Jinoyat 30.04.2024, 17:09
Mirziyoevni haqoratlab, “komment” yozgan yigit qamaldi

Internetda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni haqoratlab, izoh yozgan 28 yoshli yigit 5  yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Namanganda 1996 yilda tug`ilgan yigit prezidentga qarshi haqoratli izohlar yozgani uchun sudlandi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi 2016 yil 26 sentyabr kuni O`zbekistondan Ozarbayjonga borib, 2016 yil 30 sentyabr kuni u erdan fuqarolik pasportiga dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun maxsus ruxsat stikeri rasmiylashtirilmagan bo`lsada, belgilangan tartibni buzib, Eronga kirib, qonunga xilof ravishda chet elga chiqqan.

Bundan tashqari, D.Tursunov o`z harakatlarini davom ettirib, Facebook'da 2023 yil 8 may kuni ushbu profiliga “O`zbekiston Prezidenti” Moskvada G`alabaning 78 yilligiga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi” nomli maqoladan ko`chirib olingan ekran tasvirini joylashtirib, ushbu postda O`zbekiston prezidentini haqoratlagan va unga tuhmat qilgan.

Bundan tashqari u Facebook orqali turli postlarga davlatga qarshi izohlar qoldirgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi JKning 158-moddasi 3-qismi va 223-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda

aybli deb topilgan va unga uzil-kesil 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1