1

Yaponiyada yig`loqi chaqaloqlar festivali o`tkazildi

Dunyo 30.04.2024, 21:39
Yaponiyada yig`loqi chaqaloqlar festivali o`tkazildi

Yaponiyada yig`loqi chaqaloqlar festivali o`tkazildi. Unda bir yoshgacha bo`lgan 100 nafardan ortiq bolalar ishtirok etdi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Ushbu tadbir Yaponiyada juda mashhur bo`lib, har yili ko`plab tomoshabinlarni o`ziga jalb qiladi.

Ota-onalar o`z farzandlarini sumo kurashchilariga topshirishadi, ular bolani imkon qadar baland ovozda qichqirishga majbur qilishadi. Agar bu ish bermasa, jin niqobini kiygan hakamlar ishga aralashadilar.

Yaponlar o`z farzandlarini musobaqaga ixtiyoriy ravishda olib kelishadi. Ular yig`lash bolalarning sog`lig`ini yaxshilaydi va yovuz ruhlardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bu an`anaga 400 yildan beri amal qilib kelinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1