1

Buxorodagi qator tarixiy yodgorliklarga ajratilgan pullar “eb yuborildi”

Jamiyat 01.05.2024, 12:07
Buxorodagi qator tarixiy yodgorliklarga ajratilgan pullar “eb yuborildi”

Bosh prokuror o`rinbosari Sh.To`xtaboev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasidagi ishlar o`rganildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, Ishchi guruhi tomonidan Madaniy meros agentligi mutaxassislari bilan birgalikda Buxoro shahridagi bir qator tarixiy yodgorliklar: “Xo`ja Kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir Devonbegi” madrasalari hamda “Ark” majmuasi devorlarini restavrasiya va ta`mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.    

O`rganishda, ushbu yodgorliklarda bajarilgan ish hujjatlariga soxta yozuvlar kiritish yo`li bilan restavrasiya va ta`mirlash ishlarida: 

“Xo`ja Kalon” masjidida 731 mln. so`m;

“Xusayni” madrasasida 216 mln. so`m;

“Nodir Devonbegi” madrasasida 90 mln. so`m;

Buxoro shahri tarixiy markazi hududida joylashgan 74 ta ob`ektga manzil ko`rsatgich belgilari o`rnatish uchun ajratilgan 50 mln. so`m byudjet mablag`i talon-taroj qilingani aniqlandi.

Bundan tashqari, Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazi mansabdor shaxslari tomonidan 2,3 mlrd. so`m byudjet mablag`i tovar-moddiy boyliklar sotib olish uchun sarflangani yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, amalda mablag`lar talon-taroj qilingan.

O`rganish natijasiga ko`ra, Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

O`rganishlar davom etmoqda.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1