1

Namanganda erkak 7 yashar qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgani aytilmoqda

Jamiyat 01.05.2024, 12:22
Namanganda erkak 7 yashar qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “7 yoshlik qizga 60 yoshlik erkak tahdid qilib, o`zining g`arazlik niyatini amalga oshirmoqda" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o`z kuzatuviga oldi.

Aniqlanishicha, Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga o`z arizasida 2024 yil 27 mart kuni voyaga etmagan qizi (2017 yilda tug`ilgan) J.S. ko`chada o`rtoqlari bilan o`ynab yurgan vaqtida shu erdan o`tib ketayotgan I.B. (erkak, 1956 yilda tug`ilgan) qizni o`z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.

Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5 aprel kuni Namangan shahar IIO TB tomonidan I.B. ga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirga tergov harakatlari olib borilmoqda

Bolalar ombudsmani o`z kuzatuvini davom ettiradi. Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1