1

Farg`onada prokuror o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 01.05.2024, 13:53
Farg`onada prokuror o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Farg`ona viloyatidagi Qo`shtepa tumani prokurori o`rinbosari pora olayotganida jinoyat ustida qo`lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 27 aprel kuni soat 18:30 larda Farg`ona viloyati prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o`tkazgan. 

Tadbirda Qo`shtepa tumani prokurori o`rinbosari tanishlari orqali sudning ish yurituvidagi jinoyat ishi bo`yicha aybdor shaxsga nisbatan jazo qo`llanilishida engillik qilib berishni aytib, aldov yo`li bilan ishonchni suiiste`mol qilib, kelishilgan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 28,211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1