1

Toshkent viloyatida qor ko`chishi xavfi e`lon qilindi

Jamiyat 01.05.2024, 15:48
Teglar: qor ko`chishi xavfi, Chotqol tizmasi
Toshkent viloyatida qor ko`chishi xavfi e`lon qilindi

“O`zgidromet” agentligi 1−8 may kunlari Toshkent viloyatida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan qor ko`chishi xavfidan ogohlantirdi.

Kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining o`zgarishi sababli viloyatning Bo`stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining (Chotqol tizmasi tog`lari) tog`li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko`chishi yuzaga kelishi mumkin.

Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rish so`ralgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1