1

O`zbekistonda eng ko`p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e`lon qilindi

Jamiyat 01.05.2024, 17:35
Teglar: 10 ta eng yirik ish beruvchi kompaniya ro`yxati
O`zbekistonda eng ko`p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e`lon qilindi

O`zbekistondagi jami 236 mingdan ortiq ishchiga ega 10 ta eng yirik ish beruvchi kompaniya ro`yxatini e`lon qilindi. Bu haqda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi. 

29 aprel holatiga ko`ra, eng ko`p xodimlarga ega kompaniyalar ro`yxatiga quyidagilar kiradi:

  1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 48 308 ta;
  2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati — 36 629 ta;
  3. «Temiryo`linfratuzilma» (temiryo`l infratuzilmasi bilan shug`ullanuvchi) — 34 816;
  4. «Hududiy elektr tarmoqlari» — 20 873 ta;
  5. Romstar O`zbekiston-Amerika qo`shma korxonasi (to`qimachilik korxonalariga ega) — 18 800;
  6. «O`zbektelekom» — 17 641;
  7. UzAuto Motors — 16 628;
  8. «Hududgazta`minot» — 16 309;
  9. «O`zbekneftgaz» — 13 926;
  10. Anglesey food (Korzinka.uz supermarketlar tarmog`iga tegishli) — 12 726.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1