1

Eng kam pensiya miqdori oshirildi

Jamiyat 01.05.2024, 22:07
Eng kam pensiya miqdori oshirildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida” 2024 yil 30 aprel kuni PF–69-son Farmoni qabul qilindi.  

Farmonga ko`ra, 2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste`mol xarajatlari 648 ming so`m miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:

  • ish staji to`liqsiz chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so`m;
  • boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so`m etib belgilandi.

Buning natijasida 751 ming nafar  yoshga doir va 110 ming nafar boquvchisini yo`qotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal iste`mol xarajatlari miqdoriga etkaziladi. 

Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan 180 mlrd.so`m qo`shimcha mablag`lar ajratiladi.

Ma`lumot uchun: yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1