1

Toshkentda allergiya qo`zg`atuvchi o`simliklar changlari eng faol ekani aniqlandi

Jamiyat 02.05.2024, 10:10
Toshkentda allergiya qo`zg`atuvchi o`simliklar changlari eng faol ekani aniqlandi

Poytaxtda allergen qo`zg`atuvchi o`simlik-buta gul changlari va zambrug`-spora qo`zg`alishlari Qarshi va Samarqand shahridagi vaziyatdan faolroq. Bu haqda gidrometeorologik mutaxassis Erkin Abdulahatov ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, Xalqaro molekulyar-allergologiya markazi endilikda Qarshida ham o`zing gul chang qo`pqonlarini o`rnatgan. Va 22—28 aprel holatiga poytaxtda o`simlik-buta gul changlari va zambrug`-sporalar faolligigida allergiyaga qo`zg`alish moyilligi uchta yirik shahar ichida poytaxtda kuchliroq bo`lgan. Mazkur davr oralig`ida poytaxtda barcha allergen qo`zg`atuvchi omillar "sariq" xavfda bo`lgan.

“Umuman olganda, butun dunyoda bo`lgani kabi O`zbekistonda ham allergiya qo`zg`alishlari va undan aziyat chekayotgan aholi soni muntazam ortib bormoqda. Mamlakatimizda mazkur yo`nalishda keng tarmoqli ishlar yo`lga qo`yilmoqda. Hududlarda allergiyani o`rganuvchi markazlar o`z ish faoliyatini boshlagan.

Hududlarda yashil fitomassani barpo etishda biz naqaqat hudud iqlimi, suv bilan ta`minlanganlik, tuproq sharoitidan kelib chiqib daraxt va buta ekishimiz, balki, o`zidan allergiyani kuchli qo`zg`atuvchi gul chang chiqaradigan daraxtlarni ekishdan tiyilishimiz ham lozim”, - deydi mutaxassis.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1