1

Urganchda “O`zbek qizi” filmi namoyish etildi

Madaniyat 02.05.2024, 12:52
Urganchda “O`zbek qizi” filmi namoyish etildi

Xorazmda bo`lib o`tayotgan “Kinokarvon” tadbirlari doirasida Urganch shahridagi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda “O`zbek qizi” filmi tomoshabinlar e`tiboriga havola qilindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, 300 nafardan iborat harbiylar, ularning oila a`zolari va talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida ijodiy jamoa Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik liseyida, Xorazmning Yangibozor, Qo`shko`pir va Xiva tumanlaridagi madaniyat markazlarida aholi bilan ijodiy uchrashuvlar o`tkazdi va milliy filmlar namoyishi bo`lib o`tdi.

Kinematografiya agentligi hamda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi hamkorligida o`tkazilayotgan “Kinokarvon” bundan oldin Farg`ona va Sirdaryo viloyatlarida bo`ldi. Aksiya butun respublika bo`ylab o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, qolgan viloyatlarda ham ijodiy safarlarini davom ettirishi ko`zda tutilgan.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1