1

Bitim Forum doirasida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan imzolandi

Iqtisodiyot 02.05.2024, 13:13
Bitim Forum doirasida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan imzolandi

O`zbekiston prezidenti Toshkent xalqaro investisiya forumida iqtisodiyotda chuqur transformasiya jarayonlari, qulay investisiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo`shilgan qiymatni yaratish izchil davom ettirilishini ta`kidlab, o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarga alohida to`xtalib o`tdi.

Jumladan bank-moliya sohasi yo`nalishida so`z bordi. So`nggi yillarda mamlakatimizda ko`plab xususiy banklar ochildi. Bozorimizga Evropaning etakchi banklari kirib keldi. Qator raqamli banklar o`z faoliyatini amalga oshirmoqda.

Forum doirasida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O`zbekistonning yirik banklaridan biri bo`lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo`yicha bitim imzolandi.

Moliyaviy resurslarga talabni qondirish uchun kapital bozorini rivojlantirish bo`yicha yondashuvlar qayta ko`rib chiqilmoqda. O`zbekistonda xalqaro moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda.

Xorijiy sarmoyalar oqimi bir necha barobar ortishi, korporativ boshqaruv sifati oshishi, yangi etakchi bank-moliya institutlari kirib kelishini kutib qolamiz”, - dedi Prezident.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1