Kinematografiya agentligi, Bosh Prokuratura va "Fan entertainment cinema” studiyasi hamkorligida "Adolat" nomli ko`p qismli serialning suratga olish jarayonlari boshlandi.
Serial prokuratura xodimi, tergovchi Adolat Alieva haqida bo`lib, bu rolni Ra`no Shodieva gavdalantirmoqda. Adolat Alieva xizmat faoliyati davomida ko`plab jinoyatlarni fosh qilish va ularga qarshi kurashishda hamkasblariga o`rnak bo`lgan.
Senariy muallifi Ulug`bek Abdusagatov, postanovkachi rejissyorlar Ilhom Muhammadibragimov hamda Zohid Zokirov, postanovkachi operatorlar Hasan va Husan Atabaevlar, prodyuser Baxtiyor Fattohov.
Serialda bosh rollarni Ra`no Shodieva, Matyoqub Matchonov, Bobur Yo`ldoshev, Shaxsanem Abdijamilova, Umid Xo`jaev va boshqa taniqli aktyor va aktrisalar ijro etmoqda.
"Adolat" seriali taqdimoti 2024-yil sentyabr oyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.