1

Prezident Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vazirini qabul qildi

Siyosat 02.05.2024, 17:41
Prezident Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoev 2 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri Shayx Muhammad Ol Maktum, vise-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikning qo`shma loyihalarini qo`llab-quvvatlash va ilgari surishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo`shma korxonalar va to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar soni oshib bormoqda. Ikki mamlakat etakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 4 milliard dollarga etdi.

Energetika, transport, logistika, qishloq xo`jaligi, suv ta`minoti va boshqa sohalarda yirik loyihalarni tezlashtirishga alohida e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1