1

Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisini qabul qildi

Siyosat 02.05.2024, 17:47
Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisini qabul qildi

2 may kuni Toshkent investisiya forumi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.

Suhbat avvalida Aqilbek Japarov O`zbekiston etakchisiga Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini etkazdi.

O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperasiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko`rib chiqildi.

Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg`iziston - O`zbekiston” temir yo`lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida e`tibor qaratildi.

Bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida ko`p qirrali sheriklikning yangi kun tartibini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1