1

Subsidiyaga arizalarni qabul qilish muddati e`lon qilindi

Jamiyat 02.05.2024, 17:59
Subsidiyaga arizalarni qabul qilish muddati e`lon qilindi

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to`lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o`zgartirishlar kiritiladi:

  • subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi;

 

  • 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo`yicha foiz to`lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo`yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to`lanadi;

 

  • birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo`yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat`iy belgilangan 30 million so`m miqdorida to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1