1

Shavkat Mirziyoev Putinning yordamchisini qabul qildi

Siyosat 02.05.2024, 23:02
Shavkat Mirziyoev Putinning yordamchisini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 may kuni Toshkent xalqaro investisiya forumida Rossiya delegasiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda forumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.

O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Tovar ayirboshlash barqaror sur`at bilan o`sayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil 22-24 aprel kunlari Toshkent shahrida o`tgan navbatdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko`rgazmasi yakunlari yuksak baholandi.

Yuqori texnologiyalar, ta`lim, sport, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1