1

Navbat O`zbekiston fuqarolariga

Dunyo 02.05.2024, 23:28
Teglar: Migrant
Navbat O`zbekiston fuqarolariga

So`nggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti o`tkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki O`zbekiston va Qirg`izistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda.

zamon.uz`ni huquq himoyachisi Valentina Chupikka tayanib ma`lum qilishicha, muhojirlarni mamlakatga kirish vaqtida ommaviy qo`lga olish 24 aprelda boshlangan va 1 mayga kelib Rossiya aeroportlarida 4500 ga yaqin odam to`plangan va xuddi shuncha odam er usti nazorat punktlari orqali kiritilmagan.Qo`lga olinganlarning to`rtdan bir qismi tojikistonliklar bo`lsa, qolgani O`zbekiston va Qirg`iziston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

O`zbekiston va Qirg`iziston tashqi ishlar vazirliklari hozircha holatga izoh bermagan.

Qo`lga olinganlarning aksariyati bir-ikki kun ichida «deport» qilinadi, lekin ba`zi hollarda qaytarib yuborish bir haftagacha cho`zilishi mumkin,— dedi Chupik.

 

24 apreldan buyon huquq himoyachisiga chegarachilar tomonidan qo`lga olingan muhojirlardan ikki yuzga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning so`zlariga ko`ra, odamlar och va suvsiz qolishgan, hatto hojatxonaga kira olishmayapti. Telefonlari olib qo`yilgan va «hech qanday tushuntirish berilmaydi».

Rossiyadan muhojirlarni ommaviy chiqarib yuborish hali hech qachon bunchalik kuzatilmagan.

Rossiyadagi nazorat-o`tkazish punktlaridagi muhojirlar muammolari haqida faqat Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ochiq xabar berdi. Shanba kuni vazirlik mamlakat fuqarolariga «o`ta zarurat bo`lmasa, Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilish»ni so`radi.

Chorshanba kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakat fuqarolarining huquqlari va ikki tomonlama kelishuvlar buzilgani haqida gapirgan.

Bunga «ko`rilayotgan chora-tadbirlar ma`lum bir millatga qarshi emas», deb javob qaytargan Lavrov.

Sharhlar

Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

18.03.2024, 12:51

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...
Moskvada avtobuslardan o`zbek tilidagi rus armiyasiga chaqiriqlar olib tashlandi

12.12.2022, 09:00

Sal avval Rossiyada yana urushga migrantlarni jalb qilish uchun katta targ`ibot ishlari boshlangani haqida xabarlar paydo bo`di. Ijtimoiy tarmoqlarda Moskava shahridagi metrolarda, o`zbeklar ko`p yuradigan...
O`zbekistonlik ishchining ustiga beton plita qulab tushdi

31.12.2021, 00:57

O`zbekistonlik migrant ustiga beton plita qulab tushishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralari manbasiga tayangan holda Nevsky News xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, voqea 27 dekabr...
Rossiyada vafot etgan o`zbek fuqarosining jasadi vataniga qaytarildi

08.09.2021, 11:01

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasida O`zbekiston Respublikasi fuqarosining vafot etgani, 3 nafar farzandi va opasi qiyin ahvolda qolgani hamda uning jasadini vatanga qaytarish uchun mablag` yo`qligi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1