1

Rossiyada odamlarni yong`indan qutqargan o`zbekistonlik odamga pul yig`ib berildi

Jamiyat 03.05.2024, 11:58
Rossiyada odamlarni yong`indan qutqargan o`zbekistonlik odamga pul yig`ib berildi

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 26 aprel kuni Sankt-Peterburgda ko`cha tozalovchi bo`lib ishlovchi 48 yoshli Odimjon Ibrohimov yong`in sodir bo`lgan binoning uchinchi qavatida qolib ketgan ayollarning qutqarib olinishiga yordam bergan edi. U drenaj trubasiga chiqib, uchinchi qavatga chaqqonlik bilan ko`tarildi va ayollarga derazadan tushib, karnizga turib olishga ko`maklashdi. Yordamga kelgan o`t o`chiruvchilar esa ayollarni zinapoya orqali pastga tushirdi. Hodisani o`tkinchilar videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganidan so`ng, Ibrohimov mashhur bo`lib ketgan edi

Podolskaya ko`chasida odamlarni yong`indan qutqargan o`zbekistonlik Olimjon Ibrohimov uchun shaharliklar 36 ming rubl yig`ishdi. Bu haqda «Cherny spisok Piter» guruhi xabar berdi.

Nashrning ta`kidlashicha, guruh a`zolari Ibrohimovga 11 ming rubl bergan, yana 25 ming rublni Kolomna (yong`in sodir bo`lgan joydan uncha uzoq bo`lmagan okrug) aholisi yig`gan.

 


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1