1

Bugundan "Kino va yoshlari" haftaligiga start berildi

Madaniyat 03.05.2024, 21:31
Bugundan "Kino va yoshlari" haftaligiga start berildi

Bugundan "Kino va yoshlari" haftaligiga start berildi. Bu haqida Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Haftalik munosabati bilan bugun Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Ayol qismati" badiiy filmining namoyishi bo`lib o`tdi. Unda Agentlik hamda Uchtepa tuman hokimligi vakillari, film ijodkorlari, tuman yoshlari, OAV xodimlari ishtirok etdi. 


Namoyish avvalida film rejissyori Dilmurod Masaidov "Ayol qismati" filmining suratga olish g`oyasi va syomka jarayonlari haqida gapirdi. 



Ma`lumot uchun, “Ayol qismati” badiiy filmi 2022-yilda Kinematografiya agentligi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida “Dilshoh media” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Unda adashgan ayollar qismati va “Mehr operasiyasi” haqida hikoya qilinadi. Filmda bosh rolni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Shodieva ijro etgan. 



Haftalik 10 maygacha davom etadi. Uning doirasida "Meros", "O`zbek qizi", "Samuray" kabi filmlarning namoyishi kutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1