1

Chilonzorda Treker va Kobalt ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

Jamiyat 04.05.2024, 09:35
Chilonzorda Treker va Kobalt ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

Chilonzor  tumanida sodir bo`lgan YTH bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lumot berdi.

Joriy yilning 2 may kuni soat 19:15 larda Chilonzor tumani Do`mbirobod ko`chasida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi.

Haydovchilar, 2005 yilda tug`ilgan Sh.A.  boshqaruvida bo`lgan Treker  va 1991 yilda tug`ilgan K.I. boshqaruvida bo`lgan Kobalt  avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida Kobalt avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda“ deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1