1

Toshkent – Andijon pulli yo`li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi

Jamiyat 04.05.2024, 10:35
Teglar: Toshkent – Andijon pulli yo`li
Toshkent – Andijon pulli yo`li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida transport vaziri o`rinbosari Jasurbek Choriev Toshkent—Andijon pulli yo`lini yaratish ishlari yakuniga etib qolganini ma`lum qildi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Iyun oyi oxirigacha biz texnik-iqtisodiy ishlarni tugatamiz. Yangi pulli yo`l Toshkent va boshqa hududlarni Farg`ona vodiysi bilan bog`lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 kilometr bo`lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi, — deydi Jasurbek Choriev.

Bundan tashqari, vazir o`rinbosari uzoq yillardan beri asosiy maqsadlardan biriga aylangan transafg`on temiryo`li haqida ham ma`lumot bergan. Ta`kidlanishicha, loyiha uchta davlatni bir-biriga bog`lashga yordam beradi — O`zbekiston, Afg`oniston va Pokiston. Temiryo`l Evrosiyo transport yo`lagini yaratishda muhim rol o`ynaydi. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga chiqish imkoniga ega bo`ladi. Temiryo`l tovarlar etkazib berish muddatini 35 kundan 5 kungacha qisqartiradi. Tovarlarni etkazib berish narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Yana bir muhim loyiha bu, albatta, Xitoy—Qirg`iziston—O`zbekiston temiryo`li qurilishidir. Bu nafaqat O`zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo rivojlanishida katta rol o`ynovchi temiryo`l bo`ladi. Loyihaning asosiy kelishuvlari allaqachon hal qilingan bo`lib, uning qiymati taxminan 5,1 milliard dollarni tashkil qilsa, uzunligi hozirgacha 454 kilometr bo`lishi kutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1