1

O`zbekistonda zo`ravonlarning reestrini yuritish tartibi joriy etiladi

Jamiyat 04.05.2024, 17:59
O`zbekistonda zo`ravonlarning reestrini yuritish tartibi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoev 3 may kuni ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, bugungi kunda faqat yagona ta`sischisi nogironlik birlashmasi bo`lgan korxonalar mahsulotlari davlat buyurtmasi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida xarid qilinadi.

Bu borada aholiga keng imkoniyat yaratish maqsadida xodimlari sonining kamida 50 foizi nogironligi bor shaxslardan iborat bo`lgan barcha tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning mahsulotlarini davlat buyurtmasi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri shartnoma asosida xarid qilishga ruxsat berish taklif etilmoqda.

«Buning natijasida 3 mingga yaqin tadbirkorlar tomonidan qo`shimcha 20 mingga yaqin nogironligi bo`lgan shaxslarni ish bilan ta`minlash imkoni yaratiladi», — deyiladi xabarda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, jamiyatda har uch ayoldan biri zo`ravonlikning muayyan shakliga uchramoqda. Shuning uchun rivojlangan davlatlarda bunday shaxslarga tezkor psixologik, tibbiy va huquqiy yordam ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.

O`zbekistonda esa tazyiq va zo`ravonlikka uchragan ayollarga mahalla darajasida ko`rsatiladigan xizmatlar yo`q. Tuman darajasidagi amaliy yordam sifati ham «yuqori emas».

Shu bois zo`ravonlik holatlarida ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishning 3 bosqichli yangi tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Unga ko`ra, mahalla darajasida ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli tomonidan tazyiq holati o`rganilib, doimiy kuzatib boriladi.

Tuman miqyosida «Inson» markazlarida himoya orderi talab qilmasdan psixologik, huquqiy va boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlar ko`rsatiladi. Shifoxonalarning shoshilinch bo`limlarida birlamchi ko`mak xonalari tashkil etiladi.

Viloyat darajasida reabilitasiya markazlarida ariza talab etmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish shartnomasiga muvofiq 6 oygacha boshpana va chuqur reabilitasiya qilish uchun psixologik va huquqiy xizmatlar ko`rsatiladi.

Bundan tashqari, ta`lim va mehnat munosabatlarida zo`ravonlikning oldini olish choralari ham ko`riladi. Bunda himoya orderini berish bilan bir vaqtda zo`ravonni tuzatish dasturi ishlab chiqiladi va bu «Inson» markazi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari tomonidan zo`ravonlarning reestrini yuritish tartibi joriy etiladi.

Zo`ravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar standarti ishlab chiqiladi. Bu sohada nodavlat notijorat tashkilotlari rivojlantiriladi.

Davlat rahbari bu takliflarni ma`qullab, ularni manzilli yo`lga qo`yish, har bir ayol uchun munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratish bo`yicha qo`shimcha ko`rsatmalar berdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1