1

Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Jamiyat 04.05.2024, 19:02
Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

2024/2025 o`quv yilidan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida 10-11 sinf o`quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Maktablarga pedagogika bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etish jarayonlarida tegishli hududdagi pedagogika oliy ta`lim muassasasalari yordam beradi.

Ilg`or xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida o`quv dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo`yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam ko`rsatadi.

Hujjat bilan Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta`minlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

- pedagogik sinflarni tashkil etish tartibi;

- maktablar va pedagogika yo`nalishidagi oliy ta`lim muassasalari hamkorligi;

- pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb bo`yicha ishlash huquqini berish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1