1

O`gay ota uch yashar qizalog`ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo`ydi

Dunyo 04.05.2024, 20:57
O`gay ota uch yashar qizalog`ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo`ydi

Qirg`izistonning Chuy viloyati Issiq-Ota tumanida o`gay ota uch yashar qizalog`ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo`ydi. Bu haqda "24kg" nashri xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Issiq-Ota tuman shifoxonasiga Krasnaya Rechka qishlog`ida yashovchi, badani momataloq bo`lib ketgan, uch yashar qizaloq olib kelingan. Shifokorlar darhol tuman IIBga xabar berishgan. 

“Polisiya qizning o`gay otasini qo`lga oldi. Tergov davomida u bolaga muntazam ravishda tan jarohati etkazgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, shifoxonaga og`ir ahvolda olib kelinishidan avval ham o`gay ota qizni yomg`ir ostida iti bilan birga tunashga majburlagan.

Polisiyaning ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan vahshiy otaga nisbatan Qirg`iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (qiynoqlar) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bolaning o`gay otasi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1