1

Sirdaryoda Nexia portlab ketdi

Jamiyat 04.05.2024, 21:40
Sirdaryoda Nexia portlab ketdi

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Nexia avtomobili portlab ketgani aks etgan video e`lon qilingandi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat berdi.

Bugun, 4 may kuni soat 14:03 da Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko`ra, fuqaro L.N boshqaruvida bo`lgan Nexia-1 rusumli avtomashina Guliston shahar, Do`stlik mahallasi, Xondamir ko`chasi yo`l chetida to`xtab turgan vaqtida avtomashinaga o`rnatilgan gazballoni yorilib ketgan. Hodisa sodir bo`lgan vaqtda avtomashina salonida hech kim bo`lmagan.

Ushbu hodisa oqibatida og`ir turdagi tan jarohati olganlar yo`q.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1