5 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 20-22 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, kechqurun va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi, baland tog`li joylarda qor yog`ishi mumkin. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland tog`li tumanlarida qor ko`chishi xavfi bor. Sel kelishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.