1

Toshkentda Matiz va Spark to`qnashib ketdi

Jamiyat 05.05.2024, 19:49
Toshkentda Matiz va Spark to`qnashib ketdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi.

Holat 4 may kuni soat 12:50 larda Chilonzor tumani KXAY ko`chasi 104-uy qarshisida sodir bo`lgan. Unda 2003 yilda tug`ilgan A. Yu.  boshqaruvida bo`lgan Spark va 1985 yilda tug`ilgan J. Y. boshqaruvida bo`lgan Matiz o`zaro to`qnashib ketgan.

YTH oqibatida Spark haydovchisi tan jarohat olgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1